Yuksak texnologiyalar asri bo‘lgan XXI asrda ko‘plab kasalliklar, jumladan, eng ko‘p uchraydigan oftalmologik xastaliklardan biri — quruq ko‘z sindromi keskin oshib bormoqda.
Quruq ko‘z sindromida bemorlarning ko‘z yoshi plyonkasi tarkibi buziladi, yallig‘lanishning zararli aylanma jarayoni ishga tushadi, shox parda va kon’yunktiva epiteliy hujayralari shikastlanadi, ko‘z yoshi plyonkasi yemiriladi.
Quruq ko‘z sindromini davolashda birinchi o‘rinda sun’iy ko‘z yoshi tomchilari yoki ko‘z yoshi o‘rnini bosuvchi vositalar turadi.
Qaysi ko‘z yoshi o‘rnini bosuvchi vositalar yaxshiroq?
Sun’iy ko‘z yoshi vositalarining xilma-xilligi yanada samarali va xavfsiz preparat topishga intilishni ko‘rsatadi.
Ko‘z yoshi o‘rnini bosuvchi vosita tabiiy ko‘z yoshiga tarkib jihatidan imkon qadar yaqin bo‘lishi, yallig‘lanish, allergiya yoki boshqa salbiy oqibatlarga olib keladigan zararli qo‘shimchalarni o‘z ichiga olmasligi, optimal yopishqoqlikka ega bo‘lishi, ko‘rishni xiralashtirmasligi, ko‘z yuzasida suvni bog‘lab uzoq vaqt ushlab turishi, shuningdek ko‘z yoshining bug‘lanishini sekinlashtirishi kerak.
Ushbu talablarga eng mos keladigan modda — gialuron kislotasi (gialuronat).

Gialuron kislotasi nima?
Bu — ko‘plab gidroksil guruhlariga ega bo‘lgan, suvni ushlab turish xususiyatiga ega chiziqli bog‘langan disaxaridlar zanjiridan tashkil topgan tabiiy polimer.
Gialuron kislotasi polimer molekulalarining uzunligi turlicha bo‘lishi mumkin, bu esa uning namlovchi xususiyatlariga ta’sir qiladi.
Kattalar organizmida o‘rtacha 15 gramm gialuron kislotasi bo‘lib, uning yarmi terida joylashadi. Bu modda shilliq epiteliy tarkibidagi eng muhim komponentlardan biridir.
Gialuron kislotasi namlikni ushlab turishda va shilliq qavatning bitishida yetakchi rol o‘ynaydi. Uning miqdori epiteliy hujayralarida yosh o‘tishi bilan tez kamayadi, shuning uchun qarish jarayoni epiteliy yupqalashishi va mo‘rtlashishi bilan kechadi. Shu sababli yoshi katta odamlarda quruq ko‘z sindromi tez-tez uchraydi.
Ko‘z yoshi plyonkasining tuzilishi
Ko‘z yoshi plyonkasini hosil bo‘lishida suvli qatlamda erigan mitsin ishtirok etadi. Mitsin yopishqoq bo‘lib, plyonkani barqarorlashtiradi.
Bir nechta mitsin molekulalari gialuron kislotasi molekulasi bilan bog‘lanadi. Bu jarayon mukoadgeziya deb ataladi va uning natijasida ko‘z yoshi plyonkasi ko‘z yuzasida mustahkam saqlanadi.
Morganda siljish kuchi plyonkaga ta’sir qilib uni suyuqlashtiradi, ko‘z yoshi komponentlari faol aralashadi, plyonka ko‘z yuzasiga bir tekis tarqaladi, qovoqlarning epiteliyga ta’siri yumshaydi. Mukoadgeziyadan tashqari, gialuronat ko‘z uchun boshqa muhim xususiyatlarga ham ega.
Nega gialuron kislotali sun’iy ko‘z yoshi?
Gialuron kislotasi juda gidrofil modda: 1 gramm gialuronat 6 litr suvni ushlab tura oladi.
O‘rtacha uzunlikdagi gialuron kislotasi molekulasi sellyuloza yoki karboksimetilsellyulozaga qaraganda 50 barobar ko‘proq suv molekulalarini bog‘laydi, uzun molekula esa bundan kamida uch barobar ko‘proq suvni ushlab turadi.
Shu xususiyati tufayli gialuron kislotasi namlikning bug‘lanishini va ko‘zning qurishini ancha kamaytiradi.
Muhimi, yopishqoqlik, namlovchi ta’sir va samaradorlikka konsentratsiya emas, balki molekula uzunligi ta’sir qiladi. Molekula qanchalik uzun bo‘lsa, xususiyatlari shunchalik kuchli bo‘ladi.
Gialuron kislotasining juda yuqori konsentratsiyasi yomon o‘zlashtiriladi va ko‘rishni xiralashtirishi mumkin. Shuning uchun eng optimal variant — uzun molekulali, ammo past yoki o‘rtacha konsentratsiyali gialuronat preparatlari.
Uzun molekulali gialuron kislotasini olish va sterilizatsiya qilish murakkab hamda qimmat jarayondir.
Gialuron kislotasi quyidagi jarayonlarda ishtirok etadi:
Gialuron kislotasi shilliq qavatning bitishini rag‘batlantiradi, shuning uchun uning preparatlari shox parda eroziyasi va boshqa epiteliy shikastlanishlarini samarali davolaydi.
Gialuron kislotasining yangi avlodi
Hozirgacha gialuron kislotasi asosidagi ko‘z yoshi o‘rnini bosuvchi vositalarning aksariyati oddiy chiziqli molekulani o‘z ichiga olgan.
Bugungi kunda yangi avlod preparatlari — kimyoviy jihatdan takomillashtirilgan, kross-bog‘langan gialuron kislotasi yaratilgan.
Chiziqli molekulalarni o‘zaro bog‘lash texnologiyasi yordamida molekulaning polimer to‘r qattiqligi, yopishqoqlik-elastikligi, ko‘z yuzasida qolish muddati, fermentativ parchalanishga chidamliligi va namlikni ushlab turish qobiliyati sezilarli darajada oshirildi.
Ocutiarz® Gidro+ va Ocutiarz® Alo+ — kross-bog‘langan gialuron kislotasi asosidagi preparatlar:

Ocutiarz® Alo+ tarkibida oftalmologik jarrohlik amaliyotlaridan keyin epiteliy bitishini qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun Aloe vera mavjud.
“Ko‘zlaringizga g‘amxo‘rlik qiling va hayotdan zavq oling!”
📚 Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Baudouin C. The vicious circle in dry eye syndrome: a mechanistic approach. J. Fr. Ophtalmol. 2007; 3: 239–46.
2. Hargittai I., Hargittai M. Molecular structure of hyaluronan; an introduction. Struct. Chem. 2008; 19: 697–717.
3. Yang С., Cao M., Liu H., et al. The high and low molecular weight forms of hyaluronan have distinct effects on CD44 clustering. J. of Biol. Chem. 2012; 287 (51): 43094–107.
4. Teping C. Drug report. Hyaluronsäure. Klin. Monbl. Augenheilkd. 2010; 227 (4); Suppl. 2: 4–14.
5. Cantor J., Nadkarni P. Hyaluronan: the Jekyll and Hyde molecule. Inflamm. Allergy Drug Targets. 2006; 5: 257–60.
6. Sindt C. A new dry eye therapy? Could hyaluronic acid be instrumental in the treatment of dry eye? Rev. Cornea Contact Lenses. 2009; 1: 12.
7. Milas M., Rinaudo M. Characterization and properties of hyaluronic acid (hyaluronan). In: Dumitriu S., ed. Polysaccharides Structural Diversity and Functional Versatility. New York: Marcel Dekker; 2005.
8. Pauloin T., Dutot M., Joly F., Warnet J., Rat P. High molecular weight hyaluronan decreases UVB-induced apoptosis and inflammation in human epithelial corneal cells. Mol. Vis. 2009; 15: 577–83.
9. Bucher F., Bachmann B., Bock F., et al. Impact of hyaluronic acid, panthenol and its combination on epithelial wound healing in murine corneas. ARVO Abstracts. 2009.
10. Jiang D., Liang J., Noble P. Hyaluronan as an immune regulator in human diseases. Physiol. Rev. 2011; 91 (1): 221–64.
11. Cyphert J., Trempus C., Garantziotis S. Size matters: molecular weight specificity of Hyaluronan effects in cell biology. J. Cell Biol. 2015; 10: 56388.
12. Ruppert S., Hawn T., Arrigoni A., et al. Tissue integrity signals communicated by high-molecular weight hyaluronan and the resolution of inflammation. Immunol. Res. 2014; 58: 186–92.
13. Garantziotis S., Li Z., Potts E., et al. Hyaluronan mediates ozone- induced airway hyperresponsiveness in mice. The J. Biol. Chem. 2009; 284 (17): 11309–17.
14. Versura P., Profazio V., Campos E. Performance of tear osmolarity compared to previous diagnostic tests for dry eye disease. Curr. Eye Res. 2010; 35 (7): 553–64.
15. Troiano P., Monaco G. Effect of hypotonic 0.4 % hyaluronic acid drops in dry eye patients: a cross-over study. Cornea. 2008; 27 (10): 1126–30.
16. Müller-Lierheim W. Neues über Hyaluron säure in Tränener satz lösungen.Ophthalmol. Nachricht. 2014; 12: 22–3.
17. López-García J., García-Lozano I. Use of Containers with sterilizing filter in autologous serum eyedrops. Ophthalmology. 2012; 119: 2225–30.
18. Marx D., Birkhoff M. New devices for dispensing ophthalmic treat- ments may be the key to managing the life cycles of established products. Drug Deliv. Technol. 2010; 10 (9): 16–21.
19. Bernauer W., Thiel M., Kurrer M., et al. Corneal calcification following intensified treatment with sodium hyaluronate artificial tears. Br. J. М. Ophthalmol. 2006; 90: 285–8.
20. Bernauer W., Thiel M., Langenauer U., Rentsch K. Phosphate con- centration in artificial tears. Graefes Arch. Clin. Exp. Ophthalmol. 2006; 244 (8): 1010–4.
21. Pult H. Trockene Augen: Hyaluron – Augentropfen – Mehrdosis systeme. Der Augenoptiker. 2013; 12: 48–50.
22. Дравица Л.В., Самохвалова Н.М., Аль хадж Анас Хусейн, Конопляник Е.В. Катионорм в лечении синдрома сухого глаза у пациентов с аутоиммунным поражением щитовидной железы. Офтальмология. Восточная Европа. 2014; 3 (22): 138–46.
23. Морхат М.В., Катульская Т.В., Морхат Е.В. Влияние лекар- ственного средства Окутиарз на динамику толщины роговицы в послеоперационный период неосложненной факоэмульсификации катаракты. Офтальмология. Восточная Европа. 2015; 4 (27): 142–8.
24. Рожко Ю.И. Окутиарз при синдроме сухого глаза у женщин после гистерэктомии. Офтальмология. Восточная Европа. 2015; 4(27): 126–40.
25. Рожко Ю.И., Тарасюк Е.А., Глушнев И.А. Окутиарз при дисфункции мейбомиевых желез: клинический опыт. В кн.: Сборник статей республиканской научно-практической конференции «Инновации в офтальмологии». 2015: 25–6.
26. Бржеский В.В., Егорова Г.Б., Егоров Е.А. Синдром сухого глаза и заболевания глазной поверхности. Москва: ГЭОТАР- Медиа; 2016.