Eye medicine
Eye medicine

Quruq ko‘z sindromi bo‘lsa, qulay hayotga qaytish uchun nima qilish kerak?

Симптомы синдрома «сухого глаза»

Quruq ko‘z sindromi alomatlari

Quruq ko‘z sindromi — bu faqat ko‘z yuzasining qurishi emas:
u turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi va hayot sifatini pasaytirishi mumkin.

  • Yonish hissi
  • Achishish
  • Ko‘zda begona jism borligidek tuyulish
  • Ko‘zning qizarishi va yoshlanishi
  • Ko‘rishning yomonlashishi
  • Yorug‘likka sezuvchanlikning oshishi
  • Ko‘zning tez charchashi
  • Tun qorong‘isida ko‘rishning yomonlashuvi
  • Ko‘rishdagi noqulaylik
Симптомы синдрома «сухого глаза»

Ko‘pincha bemorlar yuqorida qayd etilgan alomatlarni yetarlicha jiddiy qabul qilmaydi va darhol shifokorga murojaat etmaydi. Biroq quruq ko‘z sindromi hayot sifatini sezilarli darajada pasaytirishi va kundalik faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Davolanmagan quruq ko‘z sindromi esa kasallikning kuchayishiga hamda yallig‘lanish va ko‘z yuzasining shikastlanishi kabi boshqa jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.

Симптомы синдрома «сухого глаза»

Quruq ko‘z sindromi rivojlanish xavfini oshiruvchi omillar

Quruq ko‘z sindromini keltirib chiqaruvchi omillar ushbu kasallikning alomatlari kabi xilma-xildir. Ular turli kundalik va ish faoliyati bilan bog‘liq holatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, turli monitorlardan (kompyuter yoki smartfon) uzoq vaqt foydalanish, soatlab televizor tomosha qilish, uzoq vaqt kitob o‘qish, avtomobil boshqarish yoki konditsioner yoki isitgich ishlayotgan xonada uzoq vaqt qolish.

Симптомы синдрома «сухого глаза»

Quruq ko‘z sindromi quyidagi sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin:

  • Keksalik yoshi
  • Gormonal o‘zgarishlar (masalan, homiladorlik, menopauza yoki gormonal almashtirish terapiyasi)
  • Dori vositalarining nojo‘ya ta’siri yoki ko‘z operatsiyasidan keyingi asoratlar
  • Kontakt linza taqish
  • Allergiya
  • Immun tizimi faoliyatining buzilishi
  • Meybomiy bezlar faoliyati buzilishi
Симптомы синдрома «сухого глаза»

Atrof-muhit sharoitlari ham ushbu kasallikning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sir qiladi, masalan, bug‘, tamaki tutuni, yorqin quyosh nuri va shamol oʻtishi (skvozyak). Quruq ko‘z sindromi ayrim dorilar, jumladan, antigistamin preparatlar va qon bosimini me’yorlashtiruvchi vositalarni qabul qilgandan keyin asorat sifatida ham paydo bo‘lishi mumkin.

Ba’zi odamlar quruq ko‘z sindromi rivojlanishiga ko‘proq moyil bo‘ladi.

Симптомы синдрома «сухого глаза»

Quruq ko‘z sindromi paydo bo‘lishiga nima ta’sir qiladi?

Ko‘z yoshlar ko‘z salomatligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi, sog‘lom ko‘z yoshi pardasi esa tiniq va aniq ko‘rishni ta’minlaydi. Ko‘z yoshi pardasi ko‘z yuzasini namlaydi, chang va mayda zarrachalarni yuvib tashlaydi hamda ko‘z yuzasini qurib qolishdan himoya qiladi. Quruqlikning sabablarini tushunish uchun ko‘z yoshi pardasining tuzilishini bilish muhimdir.

Ko‘z yoshi pardasi uch qavatdan iborat:

  • Tashqi lipid qavati – ko‘z yoshining bug‘lanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
  • O‘rta suvli qavat – oziq moddalar, tuzlar va antitanachalarni o‘z ichiga oladi. Bu qavat ko‘z yuzasini namlaydi.
  • Ichki musinli qavat – ko‘z yoshlarini shox parda yuzasida ushlab turadi va ko‘z yuzasini doimiy ravishda moylab turadi.
Симптомы синдрома «сухого глаза»

Quruq ko‘z sindromi bo‘lgan bemorlarda ko‘z yoshi pardasining tuzilishi buzilgan yoki ko‘z yoshi ishlab chiqarishda muammo mavjud.

Ko‘z yoshi pardasining tuzilishi buzilishi quruq ko‘z sindromi rivojlanishiga olib kelishi mumkin:

  • Quruq ko‘z sindromi bo‘lgan 10 bemordan 9 tasida tashqi lipid qavati juda yupqa yoki yetarli darajada shakllanmagan bo‘ladi. Lipidlar yetishmasligi sababli bunday bemorlarda ko‘z yoshining bug‘lanishi ortadi. Natijada, ko‘z yoshi hajmi kamayadi va ko‘z himoyasiz qoladi, bu esa shox parda hujayralariga shikast yetkazishi mumkin.
  • Boshqa bemorlarda esa ko‘z yoshi ishlab chiqarilishi kamaygan bo‘ladi, shuning uchun ko‘z yoshi pardasining o‘rta suvli qavati juda yupqa bo‘ladi.

 

Симптомы синдрома «сухого глаза»

Quruq ko‘z sindromiga qanday qarshi kurashish mumkin?

Ko‘z shifokoringiz sizning individual ehtiyojlaringizni hisobga olgan holda eng optimal yechimni tanlab beradi.
Sun’iy ko‘z yoshi

  • Quruq ko‘z sindromi bo‘lgan 10 bemordan 9 tasida ko‘z yoshidagi lipid yetishmovchiligi va/yoki ko‘z yoshi ishlab chiqarilishining kamayishi kuzatiladi. Shuning uchun lipid nanoemulsiyasi yoki namlikni ushlab turuvchi polimerlar (masalan, gialuron kislotasi) saqlovchi sun’iy ko‘z yoshi tomchilaridan foydalanish tavsiya etiladi.
  • Ko‘z qurishining o‘rtacha darajadagi alomatlarida bunday davolash uzoq muddatli yengillik va noqulaylikning kamayishini ta’minlaydi. Quruqlikning og‘irroq darajasida esa sun’iy ko‘z yoshini yallig‘lanishga qarshi davolash bilan birgalikda qo‘llash lozim.

Sun’iy ko‘z yoshidan muntazam foydalanish kasallik alomatlarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.

Симптомы синдрома «сухого глаза»

Optimal sun’iy ko‘z yoshi eritmasini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

  • Preparatning ko‘zda uzoqroq qolishi: ko‘z yoshi ko‘z yuzasida qancha uzoq tursa, ko‘z yuzasining moylanishi shunchalik yaxshi bo‘ladi. Suv asosidagi tomchilar tez-tez qimirlaganda (miylash paytida) tez yuvilib ketadi. Yana bir variant — yuqori qovushqoqlikka ega ko‘z tomchilari, ammo ularning qo‘llanishi ko‘rish ravshanligini pasaytirishi mumkin. Ideal vosita — tarkibida o‘zaro bog‘langan gialuron kislotasi bo‘lgan sun’iy ko‘z yoshi, chunki u o‘z xususiyatlari tufayli preparatning ko‘zda uzoqroq qolishini va yaxshi ko‘rish ravshanligini ta’minlaydi.
  • Konservantsiz: quruq ko‘zdan aziyat chekayotgan bemorlarda ko‘z yuzasi shikastlangan bo‘lishi mumkin. Qo‘zg‘atuvchi ta’sirning yo‘qligi sababli konservantsiz sun’iy ko‘z yoshi tomchilari — qulay va xavfsiz foydalanish uchun eng yaxshi tanlovdir.
  • Lipid qavati shikastlanganda: davolash vositasi suvni to‘ldiruvchi komponent va lipidlarni o‘z ichiga olishi kerak. Suv ko‘z yoshining hajmini to‘ldiradi, lipidlar esa uning bug‘lanishining oldini oladi. Agar quruq ko‘z sindromi lipid yetishmovchiligi tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, faqat suvli eritmadan foydalanish qisqa muddatli yengillik beradi, xolos.
Симптомы синдрома «сухого глаза»

Kasallik og‘irligiga qarab, ko‘z yuzasini tiklash uchun bir necha oy talab qilinishi mumkin. Faqat sun’iy ko‘z yoshi tomchilarini muntazam va uzoq muddat davomida qo‘llashgina kasallik alomatlarini ishonchli bartaraf etadi.

Davolanmagan quruq ko‘z sindromi holatning og‘irlashishiga va shox pardaning sezilarli darajada shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Moylovchi moddaning doimiy yetishmovchiligi esa ko‘z yuzasiga zarar yetkazib, shox parda yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Симптомы синдрома «сухого глаза»
  • Sun’iy ko‘z yoshi tomchilari yordamida tabiiy ko‘z yoshini to‘ldirish quruq ko‘z sindromi alomatlarini kamaytirishga yordam beradi, biroq yallig‘lanishni davolamaydi va shox pardadagi yemirilish jarayoni davom etadi.
  • Yallig‘lanish jarayoni ko‘z yoshi pardasining beqarorligini kuchaytiradi, bu esa shox pardaning yanada shikastlanishiga va yallig‘lanishning rivojlanishiga olib keladi. Ushbu “yomon doira”ni uzish uchun sun’iy ko‘z yoshi tomchilari bilan birga yallig‘lanishga qarshi davolashni ham qo‘llash zarur.
  • Yallig‘lanishni bartaraf etish uchun vaqt talab etiladi, chunki faollashgan immun hujayralari organizmda taxminan uch oy davomida saqlanadi. Shuning uchun quruq ko‘z sindromini davolashda sabrli bo‘lish lozim.
  • Quruq ko‘z sindromini davolash uchun turli xil yallig‘lanishga qarshi preparatlar qo‘llaniladi. Ularning ba’zilari tez ta’sir ko‘rsatadi va yallig‘lanishni muvaffaqiyatli bartaraf etadi.
  • Afsuski, bu dorilar ko‘pincha jiddiy nojo‘ya ta’sirlarga ega bo‘lib, ularni faqat qisqa muddatli davolashda ishlatish mumkin. Boshqa preparatlar esa yuqori xavfsizlik va yaxshi o‘zlashtirilish darajasiga ega bo‘lib, og‘ir quruq ko‘z sindromini uzoq muddatli davolashda qo‘llanishi mumkin.
Симптомы синдрома «сухого глаза»

Davolashning optimal variantini oftalmologingiz bilan muhokama qiling

Quruq ko‘z sindromini yengishga yordam beruvchi foydali maslahatlar

Nimalarni qilish kerak:

  • Har kuni qovoqlar gigiyenasiga rioya qiling — bu meybomiy bezlarining ko‘z yoshi pardasining lipid qatlamini faol ishlashiga yordam beradi.
  • Kompyuter monitorini ko‘z darajasidan pastroqqa joylashtiring, shunda siz ekranga yuqoridan pastga qaraysiz. Bu ish jarayonida ko‘zning yarim yopiq bo‘lishiga yordam beradi va ko‘z yoshining bug‘lanishini kamaytiradi.
  • Kompyuterda ishlayotganda vaqti-vaqti bilan derazadan uzoqqa qarang, shunda ko‘z yoshi teng ravishda ko‘z yuzasini yuvadi.
  • Ataylab tez-tez pirpiratib turing — bu ko‘z yoshining bug‘lanishini kamaytiradi.
  • Kun davomida yetarlicha suv iching. Suyuqlik yetishmasligi ko‘z yuzasining qurishiga olib kelishi mumkin.
  • Ko‘proq muloqot qiling — kulish vaqtida ko‘z yuzasining tashqi muhitga ochiq qismi kichrayadi, natijada ko‘z yoshining bug‘lanishi kamayadi.
  • Faol turmush tarzini olib boring — muntazam jismoniy mashqlar ko‘z salomatligini yaxshilaydi va ko‘z kasalliklarining oldini oladi.
Симптомы синдрома «сухого глаза»

Nimalardan qochish kerak

  • Ko‘zlarni ortiqcha zo‘riqtirmang — uzoq vaqt televizor tomosha qilish, kompyuter o‘yinlari o‘ynash yoki kitob o‘qishdan saqlaning.
  • Konditsionerdan tez-tez foydalanmang (masalan, avtomobilda) — buning o‘rniga derazani biroz ochib qo‘yish yaxshiroq.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri havo oqimiga (masalan, shamol yoki avtomobil harakati paytida yuzaga keladigan oqim) qarab turmang.
  • Chekmang, shuningdek spirtli ichimliklar va kofein iste’mol qilmang — bu uch omil organizmni suvsizlantiradi va ko‘z yuzasining qurishiga olib keladi.
  • Stressdan saqlaning — stress ko‘z yuzasining qurishiga olib keluvchi ko‘plab omillarga ta’sir qiladi, masalan, pirpirash chastotasiga. Pirpirash chastotasining kamayishi ko‘z yoshining bug‘lanish tezligini oshiradi. Stress uyqu sifatini ham yomonlashtirishi mumkin, yaxshi tungi uyqu esa ko‘z yoshi pardasini tiklaydi va ko‘z yuzasini tinchlantiradi.

Manbalar:

1. Hovanesian JAl, Shah SS, Maloney RK. Symptoms of dry еуе and recurrent erosion syndrome after refractive surgery. J Cataract Refract Surg. 2001 Apr; 27(4): 577-84.
2. Lemp МА, Crews LA, Bron AJ, Foulks GN, Sullivan ВD. Distribution of aqueous-deficient and evaporative dry eye in а clinic-based patient cohort: а retrospective study. Cornea. 2012 Мау; 31(5): 472-8. doi:10.1097/IСО.Оb013еЗ18225415а.
3. McCulley JP1, Shine WE. Meibomian gland function and tear lipid layer. Ocul Suгf. 2003 Jul; 1(3): 97-106.
4. Report of the definition and classification subcommittee. lnternational Dry Еуе Workshop (2007). Ocul Surf. 2007; 5: 75-92.
5. Uchino М and Schaumberg DA. Dry Еуе Disease: lmpact оn Quality of Life and Vision: Curr Ophthalmol Rep.; 1(2): 51-57. doi:10.1007/s40135-013-0009-1.
6. Бржеский В.В., Егорова Г.Б., Егоров Е.А. Синдром «Сухого глаза» и заболевания глазной поверхности. Клиника, диагностика, лечение. - М.: ГЭОТАР-Медиа, 2016.
7. Вохмяков А.В. Эволюция слезозаменителей: от солевых растворов к катионной наноэмульсии//офтальмологические ведомости,. - 2014. - Т. 7. - N 1. - С. 41-46.
8. Егоров Е.А., Басинский С.Н. Клинические лекции по офтальмологии: учебное пособие. Глава 9. - М.: ГЕОТАР-Медиа, 2007.