Kationorm®
“Quruq ko‘z” muammosini hal etuvchi kompleks yechim
Ion texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan kationli emulsiya:
• Ko‘z yoshi pardasining barcha 3 qatlamiga ta’sir qiladi, shu jumladan lipidlarni o‘z ichiga oladi va lipid qatlamini tiklaydi.
• Ko‘z yuzasida teng taqsimlanadi va uzoq muddat saqlanadi.
Konservantlar saqlamaydi
Kontakt linzalar taqib yurilganda ham ishlatish mumkin
Qisqa burunli qulay flakon
Kationorm® kimlarga mos?
Ko‘z qurishi shikoyati doimiy bo‘lgan, hatto ertalab ham seziladigan odamlarga
Uzoq muddat kontakt linzalar taqib yuradiganlarga
Dakrioadenit, surunkali blefarit va meybomiy bezlar disfunktsiyasi bo‘lganlarga
Blefaroplastika, qovoq tatuirovkasi, kiprikni uzaytirish kabi kosmetik muolajalardan keyin ko‘zda noqulaylik sezadiganlarga
Kationorm®
(qisqa ma’lumot)
Tarkibi:
Mineral moylar, glitserin, tiloksapol, poloksamer 188, tris gidroxlorid, trometamin, setalkoniya xlorid (kationli modda sifatida), tozalangan suv.
Konservantlar saqlamaydi.
Dori vositasi emas.
Xususiyatlari
Kationorm® — bu oftalmologik, steril, gipotonik, sut rangidagi suyuqlik ko‘rinishidagi ko‘z emulsiya bo‘lib, konservantlar saqlamaydi.
Kationorm® “quruq ko‘z” sindromi alomatlarini — sanchish, qichishish, achishish yoki ko‘zda begona jism (qum yoki chang) hissini yo‘qotish uchun mo‘ljallangan.
Bunday alomatlar tashqi omillar (masalan, konditsioner ishlashi, havoning ifloslanishi, samolyotda parvoz, kompyuterda ishlash, refraksion jarrohlik, kontakt linzalar taqish va boshqalar) yoki patologiyalar, jumladan meybomiy bezlar disfunktsiyasi tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Kationorm® ko‘z yuzasini namlaydi, moylaydi va himoya qiladi.
Qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar
Kationorm® ko‘zlarga ishlatiladi.
Tavsiya etilgan dozasi: kuniga 1-4 marta, har safar 1 tomchidan.
Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
- Qo‘llarni yuvish.
- Flakon birinchi marta ishlatilayotganda, qopqoqdagi himoya halqasini valfni tortib olib tashlash.
- Qopqoqni ehtiyotkorlik bilan tortib ochish.
- Flakon korpusini bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasida ushlash.
- Flakon uchining barmoqlarga tegishidan saqlanish.
- Boshni orqaga engashtirish.
- Pastki qovoqni ehtiyotkorlik bilan tortib, yuqoriga qarash.
- Flakonni ko‘z ustida ushlab, qo‘lning ustki tomonini peshonaga tekkizish.
- Ehtiyotkorlik bilan bitta tomchi siqib tushirish va bir necha marta qirqib turish (pirpirash).
- Flakon uchining ko‘z yoki kiprikka tegmasligiga ishonch hosil qilish.
- Har foydalanishdan keyin flakonni qopqoq bilan yopish.
Flakon ishlatilmayotganda karton qutisida saqlash.
Flakon birinchi ochilgandan keyin 3 oydan ortiq ishlatmaslik.
3 oydan keyin ishlatish infeksiya xavfini oshiradi.
Nojo‘ya ta’sirlari
Juda kam hollarda qisqa muddatli noqulayliklar kuzatilishi mumkin: ko‘zning tirnashishi, ko‘z og‘rishi, begona jism hissi, ko‘zning qizarishi, sanchish, yoshlanish, achishish, vaqtinchalik xiralashgan ko‘rish, qovoq yallig‘lanishi yoki shishishi.
Bu belgilar shuningdek bemorda mavjud bo‘lgan quruq ko‘z kasalligining o‘ziga xos alomatlari bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat tarkibidagi komponentlarga allergiya bo‘lsa, Kationorm®ni ishlatmang.
Preparat boshqa ko‘z kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan.
Savollar yuzaga kelganda shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Boshqa ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda ishlatilganda, preparatlar orasidagi tomizish vaqti kamida 5 daqiqa bo‘lishi kerak. Kationorm®ni oxirgi bo‘lib tomizish tavsiya etiladi.
O‘zaro ta’sirlar
Kationorm® barcha turdagi kontakt linzalar bilan mos keladi.
Saqlash shartlari
30 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.
Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Shikastlangan flakonni ishlatmang.
Qadoqda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatmang.


